O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

4 - mart 2016

 

Zamonaviy Ozbekiston hayotida ayollar orni

 

Mamlakatimiz mustaqil rivojlanish yillari davomida ayollarning huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha katta muvaffaqiyatlarni qolga kiritdi. Oz-ozidan ayonki, respublikamizning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida xotin-qizlarning faol ishtirok etishini ta'minlash sohasidagi salmoqli muvaffaqiyatlarining ahamiyati ham salmoqlidir.

 

Eng avvalo, Ozbekistonda bu yonalishdagi me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga toxtalish maqsadga muvofiq boladi. Otgan yillar mobaynida ayollar manfaatlarini himoya qilishga yonaltirilgan qariyb 100 ta milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar qabul qilindi va ratifikatsiya qilindi. Ma'lumki, mamlakatimiz Konstitutsiyasi ayollarning fundamental huquqlari himoyasini kafolatlaydigan eng muhim hujjat hisoblanadi. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qator farmon va qarorlari, jumladan, Davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini oshirish togrisida, Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, soglom avlodni shakllantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida va boshqa koplab hujjatlar bor. Har yili muayyan yonalishda qabul qilinayotgan maxsus davlat dasturlarining hayotga tadbiq etilishi doirasidagi rejali ishlar qaysidir darajada ayollarimizning hayot sharoiti va sifatini yaxshilashga ham aloqadordir. 

 

Bundan tashqari, Ozbekiston BMT va Xalqaro Mehnat tashkilotining qator konvensiyalarini Markaziy Osiyoda birinchilardan bolib ratifikatsiya qilgan. Ular orasida Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish togrisida, Onalikni himoya qilish togrisida, Mehnat va ish  turlari sohasida kamsitishlar togrisidagi va boshqa hujjatlar mavjud.

 

Ma'lumki, mamlakatimizda sogliqni saqlashning samarali tizimini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Unda qizlar va onalar salomatligi ta'minlanishiga ustuvor darajada ahamiyat berilmoqda. Shu maqsadda butun mamlakat boylab ixtisoslashgan tibbiyot markazlari ochilgan, birinchi bogin sogliqni saqlash muassasalarining keng tarmogi, shu jumladan, qishloq vrachlik punktlari faoliyat korsatmoqda, yosh onalar va godaklar salomatligini  himoya qilishga da'vat etilgan skrining markazlari tarmogi ish olib bormoqda.  

 

Mamlakatimizda qizlar va ayollarning ta'lim olish huquqi ham tola ta'minlangan. Maktabgacha, orta, orta maxsus va oliy ta'lim tizimi fuvaqqiyatli amal qilmoqda. Umumta'lim muassasalarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda asosan xotin-qizlar mehnat qilishmoqda. 

 

Oquvchi va talaba qizlarni ragbatlantirish maqsadida har yili Ozbekiston hududlarida eng iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanishmoqda. Bu qizlarni ilm-fan, ta'lim, adabiyot va san'at sohalaridagi oz iqtidorlarini tola namoyon etishga ragbatlantirayotgani barobarida oliy oquv yurtlarida ta'lim grantini olishlari uchun imkoniyat bermoqda. 

 

Mazkur muhim masalalarga majmuaviy yondoshuv tufayli ana shunday natijalar qolga kiritilmoqda. Chunki mamlakatimizda nafaqat mustahkam huquqiy zamin, balki samarali institutsional baza ham mavjuddir. Misol tariqasida Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi faoliyatini korsatish mumkin. Mazkur jamoatchilik tashkiloti aholining ushbu qatlamini qollab-quvvatlash va ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarador mexanizmiga aylangan. 

 

Davlat boshqaruvida ayollarning ishtiroki borgan sari faol tus olmoqda. Xususan, bugungi kunda Oliy Majlis Senati a'zolarining 17 foizi, Qonunchilik palatasi  deputatlarining 16 foizi xotin-qizlardan iboratdir. Bundan tashqari, songgi yillar davomida ijro hokimiyati idoralarida ham ayollarning faoliyat korsatishi korsatkichlari 5 barobarga oshdi - 3,4 foizdan 16 foizga yetdi. 

 

Ayollar qanoti tuzilgani bois mamlakatdagi siyosiy partiyalarda xotin-qizlarning soni ham oshdi. Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi ma'lumotlarida qayd etilishicha, hozirgi paytda Ozbekiston Liberal-demokratik partiyasida ularning soni 35 foizdan 38 foizga, Milliy tiklanish demokratik partiyasida 40 foizdan 46 foizga, Xalq-demokratik partiyasida 41 foizdan 56 foizga, Adolat Sotsial demokratik partiyasida 38 foizdan 49 foizga yetdi. 

 

Mahalliy ozini ozi boshqarish organlari va mahalla tizimlarida ham ayollar ishtiroki kengaydi. Masalan, keyingi davrda bandlik tizimidagi xotin-qizlar hissasi 44 foizdan 45,7 foizga osdi. Oz biznesini ochayotgan va salmoqli muvaffaqiyatga erishayotgan tadbirkor ayollarning soni ham osib bormoqda. Songgi ma'lumotlarga qaraganda, kichik korxonalar rahbarlarining 40,4 foizini, mo'jaz tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlarining 13,7 foizini xotin-qizlar vakillari tashkil etmoqda. 

 

Shuni ham qayd etish joizki, soglom avlod tarbiyasida ayollar ota muhim orin tutishi inobatga olingan holda, Ozbekistonda ularni ijtimoiy jihatdan qollab-quvvatlashga yonaltirilgan qator dasturlar qabul qilingan. Jumladan, ishlamaydigan onalarga 2 yoshgacha bolani parvarish qilish uchun nafaqa tolanmoqda. Bundan tashqari, mehnat shartnomalarida homiladorligi va farzand korganligi tufayli ayollarga moddiy yordam korsatish, 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalari bolgan ayollarga haq tolanadigan ta'til berish, 3 yoshdan kichik bolgan bolali ayollar ish vaqtini bir soatga qisqartirish singari imtiyozlar oz ifodasini topgan. 

 

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etilayotgan bir sharoitda ayollar ijtimoiy va siyosiy faolligining osishi juda muhim omil hisoblanadi. Kundek ravshanki, Ozbekistonda mustaqil taraqqiyot yillari mobaynida bu yolda salmoqli natijalar qolga kiritildi. Shubha yoqki, ayollarga yashash, mehnat qilish va yosh avlodni tarbiyalashlari uchun yaratilgan va yaratilayotgan qulay sharoitlar bundan keyin ham mamlakatimizning yanada zalvorli muvaffaqiyatlarni zabt etishiga xizmat qilajak.

 

Jahon AA

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru