O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

1 - fevral 2016

 

Butun dunyo ehtirom korsatadigan buyuk ozbek shoiri



Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarni qayta tiklash va boyitish, jahon tamadduniga beqiyos hissa qoshgan buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish hamda ularning boy ilmiy merosini organish va ommalashtirishga qaratilgan keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ajdodlarimiz orasida atoqli ozbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy alohida orin tutadi.

 

Shoir qalamga olgan adolat, ozaro hamjihatlik, oliyjanoblik, mehr-muruvvat, ota-onaga ehtirom, donolik, miskinlarga yordam berish, xalqlar orasidagi dostlik, Vatan obodligi uchun komak berish, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash singari yuksak insoniy fazilatlar mamlakatimizning zamonaviy taraqiyotida, xususan, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma'naviy-ma'rifiy islohotlarda oz aksini topmoqda.

 

Prezident Islom Karimovning Yuksak manaviyat - yengilmas kuch asarida keltirilganidek, inson qalbining quvonchu qaygusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuygusi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Xalqimiz va yoshlarimiz uning bebaho merosi bilan qanchalik oshno bolsa, jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarning shakllanish jarayoni shu qadar muvaffaqiyatli kechadi.

 

Ulug shoir va mutafakkir asarlari umumta'lim maktablari, kollej va litseylarda hamda oliy ta'lim muassasalarida keng organilishi barobarida bastakor, musiqachi va moyqalam sohiblari uchun ham bitmas-tuganmas ilhom manbai bolib xizmat qilmoqda. Shoirning gazallari asosida yaratilgan yangi-yangi qoshiqlar, uning ijodiga bagishlangan asarlar xalqimiz e'tiboriga havola qilinmoqda. Bu yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik hamda Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Qariyb 30 ta toplamdan iborat she'rlar va dostonlar, ilmiy va falsafiy asarlarni oz ichiga olgan buyuk ajdodimizning bugungi kunga qadar yetib kelgan bebaho adabiy merosi kopqirrali bolishi bilan birga XV asr oxiridagi Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy hayotini toliq ifodalab beradi. Mustaqillik yillarida uning barcha asarlari tolaligicha 20 jildda chop etildi. 

 

Hayrat-ul abror (Yaxshi kishilarning hayratlanishi), Layli va Majnun, Farhod va Shirin, Sabbayi Sayyor (Yetti sayyora) va Saddi Iskandariy (Iskandar devori) singari osha davr badiiy-falsafiy dunyoqarashini aks ettirgan besh dostonni oz ichiga olgan mashhur Xamsa (Beshlik) asari tom ma'noda Navoiy ijodining choqqisi hisoblanadi. Ozbek mumtoz adabiyotining betakror namunasi bolgan mazkur shoh asar jahon adabiyotining bebaho durdonasiga aylangan.

 

Ozining ulkan adabiy merosi orqali badiiy ijod sahnasida eski ozbek tili - turkiy tilning fors tili darajasiga olib chiqilishi Alisher Navoiyning milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga qoshgan yana bir ulkan hissasi boldi. Murakkab va sayqal berish qiyin deb hisoblangan mazkur tilda Navoiyga qadar hyech kim keng va toliq ijod qilmagan. Shu asnoda shoirning tahsinga sazovor ijodi nafaqat ozbek tili, balki boshqa turkiy tillar adabiyoti taraqqiyotiga ham chuqur ta'sirini korsatdi.

 

Mamlakatimizda ozbek xalqining ushbu buyuk ogloni xotirasiga katta hurmat va ehtirom korsatiladi. Ozbekiston Milliy kutubxonasi, Davlat Akademik opera va balet katta teatri, Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot insitituti, Adabiyot muzeyi, yurtimizning yetakchi sanoat markazi joylashgan viloyat va shahar, metro bekati, kocha, mahalla va xiyobonlarga sheriyat mulkining sultoni hisoblangan ulug bobomizning tabarruk nomi berilgan.

 

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining Ozbekiston oquvchi yoshlarini ragbatlantirish chora-tadbirlari togrisida farmoniga binoan ijtimoiy-gumanitar yonalishda ta'lim olayotgan yuqori kurs talablari ortasida oz aql-zakovati, iqtidori, tashabbuskorligi va a'lo baholari bilan ajralib turadigan yoshlar uchun Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi joriy qilingan.

 

Shu kunlarda tavalludining 575 yilligi keng nishonlanayotgan buyuk shoirning xizmatlari nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ham munosib darajada e'zozlanadi. Alisher Navoiy asarlari haqiqatan ham jahon bilimlari xazinasining qimmatbaho javohiri hisoblanadi. Ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarga ogirilgan tarjimalar Navoiy asarlari hozirga qadar butun dunyoda katta qiziqish va hayrat uygotayotganidan dalolat beradi.

 

Turli mamlakatlarda shoir xotirasiga ehtirom sifatida uning haykali ornatilgan va bu buyuk ajdodimizning boy ma'naviy merosining olamshumul ahamiyati hamda ozbek xalqining ulkan ijodiy salohiyatidan dalolatdir. Buyuk mutafakkirga ehtirom ramzi sifatida Almati, Boku va Ashxabod  shaharlaridagi kochalar, Kiyevdagi xiyobon A.Navoiy nomi bilan ataladi. Shunindek, Merkuriydagi kraterlardan biriga ham uning nomi qoyilgan. Buyuk shoirga Moskva, Tokio, Boku va Osh shaharlarida haykal ornatilgan.

 

Ozbek adabiyotining noyob qolyozmalarini, aynan Alisher Navoiy ijodini yanada chuqur organish va arxivlashtirish maqsadida Davlat Adabiyot muzeyi va Ozbekiston Fanlar akademiyasida dunyoning mashhur kitob va qolyozmalar saqalanadigan arxivlariga ilmiy ekspeditsiya va xizmat safarlari tashkil qilingan.

 

Yaqinda  Fransiya va Angliya kutubxonalaridan Alisher Navoiyning Kulliyot nomli asari hamda uning boshqa noyob qolyozma asarlaridan fotonusxalar keltirildi. Navoiy asarlariga ishlangan miniatyuralar xalqaro kitob yarmarkalarida mukofotlarga sazovor bolmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida Fransiya Milliy kutubxonasi, Britaniya muzeyi, Indiana ofis va Bodlean kutubxonalari, Vindzor qirollik kutubxonasi, Oksford universiteti kutubxonasi hamda Afgoniston, Hindiston, Eron, Turkiya va AQSh kitob jamgarmalaridan ozbek adabiyotiga oid asarlar, shu jumladan, Alisher Navoiy asarlaridan nusxalar olib kelindi - ular bugungi kunda ozbek xalqining ma'naviy boyligi hisoblanadi.

 

Shu tariqa, Alisher Navoiy siymosi va uning hassos qobiliyati koplab xalqlarni, birinchi navbatda, ozbek xalqini ilhomlantirib kelmoqda. Uning insonparvarlik, adolat, aql-zakovat va obodonlashtirish singari yuksak insoniy fazilatlar yogrilgan asarlari bir necha yuz yillar davomida oz jozibadorligi va dolzarbligini saqlab qolmoqda.

 

JahonAA

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru