O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

1-yanvar 2017

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING OZBEKISTON XALQIGA YANGI YIL TABRIGI

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Betakror diyorimizga yangi 2017-yil kirib kelmoqda.

Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman.

Poyoniga yetayotgan 2016-yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuq va marralar kop boldi. Shu bilan birga, afsuski, boshimizga ogir tashvish va sinovlar ham tushdi.

Lekin bu sinovlar el-yurtimizni yanada birlashtirdi. Mard xalqimizning matonati tufayli biz bu sinovlardan ham munosib otdik.

Yakuniga yetayotgan yil avvalo mustaqil Vatanimiz 25 yoshga tolgan yil sifatida tariximizda ochmas iz qoldirmoqda.

Otayotgan yilni dehqon va fermerlarimiz, ishchi va quruvchilar, oqituvchi va shifokorlar, jasur harbiylarimiz, olimlar, ijodkor ziyolilar barcha kasb egalari oz sohalari boyicha yorug yuz bilan yakunladilar.

Ayniqsa, yurtimiz sportchilari Olimpiada va Paralimpiya oyinlarida erishgan beqiyos yutuqlar mamlakatimiz shuhratini butun dunyoda yanada yuksaltirdi.

Bir soz bilan aytganda, otib borayotgan yildan rozi bolib, har qancha shukrona aytsak arziydi.

Qadrli dostlar!

Biz kirib kelayotgan 2017-yilga Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nom berdik.

Buning negizida Inson manfaatlari hamma narsadan ulug degan olijanob maqsad va vazifalar yotibdi.

Yangi yilda bu boradagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda barchamizning, avvalo, rahbar va yetakchilarning bir jonu bir tan bolib, astoydil mehnat qilishlariga ishonaman.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot, ozaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash bundan buyon ham asosiy vazifamiz bolib qoladi.

Aziz vatandoshlarim, qadrdonlarim!

Mana shu quvonchli damlarda barchangizni Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, baxt va omad hamda farovonlik tilayman.

Yangi 2017-yilning qadami jonajon Vatanimizga qutlug va barakali kelsin!

Yangi yil barchamizga muborak bolsin!

 

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017, 12 Pogorelskiy tor kochasi, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru